



Endi kurs tanlashda adashish yo'q! Prep.uz'da o'zingizga mos yo'nalish va ustozni jonli darsda sinab ko'rasiz. Shaxsiy repetitor bilan individual shug'ullanib, rus tilini tez va oson o'zlashtirasiz. Birinchi dars mutlaqo bepul!
Uchta oddiy qadam — va siz maqsadingizga erishasiz!
Hammasidan avval platformamizga kiring va shaxsiy repetitoringiz bilan tanishing. Bu darsda siz metodikani ko'rasiz, platforma qulayligini his qilasiz va eng muhimi — dars sizga yoqadimi yoki yo'q, shuni tushunib olasiz. Hech qanday majburiyat va to'lovsiz!
To'liq jonli dars
Bilim darajangizni bilamiz
Hech qanday majburiyatsiz
Birinchi dars sovg'a sifatida
Sinov darsidan so'ng biz sizga eng mos yo'nalishni tanlashda yordam beramiz. Rossiyaga ishga ketish uchunmi, bolalaringiz bog'cha-maktabi uchunmi yoki shunchaki erkin muloqotmi? Biz aynan sizning maqsadingiz va darajangizdan kelib chiqib, shaxsiy o'quv qo'llanmasini tuzamiz.
Hujjatlar, intervyu, rasmiy muloqot
Maktab, bog'cha mavzulari
Kundalik suhbatlar uchun
Hamkasblar bilan muloqot
Dars jadvalini o'z rejalaringizga moslab o'zingiz belgilaysiz. To'lov masalasida ham to'liq erkinlik: xohlasangiz 2 ta dars, xohlasangiz 1 oylik yoki 6 oylik mashg'ulotlar uchun — o'zingizga necha soat dars kerak bo'lsa, aynan o'shancha miqdor uchun to'lov qilasiz.
Rus tilini samarali o'rganish uchun kerak bo'lgan barcha qulayliklar — bir joyda.
Darslarimiz quruq qoidalardan iborat emas. Siz birinchi darsdanoq repetitor bilan jonli muloqotni boshlaysiz. Maqsadimiz — sizni rus tilida gapirishga bo'lgan qo'rquvingizni yo'qotish va erkin suhbatga tayyorlash.
Platformamiz smartfon yoki kompyuterda birdek qulay ishlaydi. Istalgan joyda — uyda, ishda yoki yo'lda bo'lsangiz ham, o'zingizga qulay qurilma orqali darsga ulanishingiz mumkin.
Har qanday savol bo'yicha jamoamiz aloqada.
Sizga rus tili nima uchun kerak bo'lsa, aynan o'shani o'rganasiz.
Bizda yozib olingan zerikarli darslar yo'q. Har bir mashg'ulot repetitor bilan yuzma-yuz, video aloqa orqali o'tiladi. Bu esa xatolaringizni o'sha vaqtning o'zida tuzatish va tilni tezroq o'zlashtirish imkonini beradi.
Quruq va'dalar o'rniga real natijalar. O'quvchilarimiz qanday qilib qo'rquvni yengib, ishda, oilada va kundalik hayotda rus tilida erkin gaplashishni boshlaganlarini o'zlaridan eshiting.
Hammasi juda oddiy va tez:
Arizani yuborgandan so'ng sizni Telegram'dagi xodimimizga yo'naltiramiz. U yerda o'zingizga mos vaqtni tanlab, bepul darsga yozilasiz.
Birinchi darsda ustozimiz bilan tanishasiz va platformamizda o'qib ko'rasiz. Dars sizga yoqsa, o'zingizga kerakli bo'lgan darslar sonini (xohlasangiz 2 ta, xohlasangiz 10 ta) tanlab, to'lovni qilasiz.
To'lovdan so'ng darslar sizga qulay vaqtda boshlanadi. Hech qanday guruhlarni kutmaysiz — darsda faqat siz va ustozingiz bo'ladi. Sizga nima kerak bo'lsa, aynan o'sha narsani o'rganasiz.
Har qanday kurs dasturini sizning ehtiyojlaringiz va maqsadlaringizga qarab moslashtirish mumkin.
Sinov darsida siz platformamiz qulayligini amalda ko'rasiz, bilim darajangizni aniqlaysiz va maqsadlaringizga qanday tezroq erishishni kelishib olasiz. Biz rus tilini oson va zerikarsiz o'rgatamiz.
15 daqiqada siz bilan bog'lanamiz